Birja haqida

“Toshkent mahsulot-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati 2023-yil 5-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va zamonaviy texnologik yechimlarga asoslangan davlat xaridlari va birja savdolarini amalga oshirish uchun qulay savdo platformasini foydalanuvchilarga taqdim etuvchi xom ashyo birjasi hisoblanadi.

Birja faoliyati tushunchasi

Birja faoliyati birja mahsulotlari bozorini tashkil etish va tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja mahsulotlarining narxlarini ushbu bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.

Birja faoliyatining asosiy prinsiplari

Birja faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: birja savdolarini o‘tkazishning oshkoraligi va ommaviyligi; birja savdolarida narxlar shakllanishining erkinligi; birja bitimlarini tuzishning ixtiyoriyligi; birjaning barcha a’zolari uchun birja savdolarida ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligi; tuzilgan birja bitimlari bajarilishining ta’minlanishi.

Birja mahsuloti

Belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yilgan muayyan turdagi va sifatdagi mahsulot, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) birja mahsulotidir. Yer, yer osti boyliklari, suv, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk obyektlari, ishlar va xizmatlar, xususiy belgili ashyolar, ko‘chmas mulk, shuningdek qonunchilikka muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja mahsuloti bo‘lishi mumkin emas.

Birja savdolari

Birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja mahsuloti savdolaridir. Birja savdolari birjada birja a’zolarining barchasiga ushbu savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda o‘tkaziladi.

Davlat xaridlari tushunchasi

Davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni.

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik;
asoslanganlik;
moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
raqobat va xolislik;
mutanosiblik;
davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.

Davlat xaridlarini amalga oshirish turlari

Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
elektron do‘kon;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion;
eng yaxshi takliflarni tanlash;
tender;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari.

Elektron savdo platformalari

Birjada 5ta elektron savdo platformalari faoliyat yuritmoqda:
• Birja elektron savdo tizimi (talab va taklif asosida birja mahsulotlari narxlarini shakllantirish);
• elektron do‘kon;
• boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion;
• eng yaxshi takliflarni tanlash;
• tender.

Ish tartibi

Toshkent mahsulot-xom ashyo birjasi ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.
Tushlik vaqti soat 13:00 dan 14:00 gacha.
Ish kunida ikkita birja savdo sessiyalari o‘tkaziladi: ertalabki va kechki.
Davlat xaridlari savdo platformalari 7/24 rejimda ishlaydi.

Bizning portalimizda 4 xil online xizmatdan foydalanishingiz mumkin! shuningdek boshqa yana o’zingizga kerak bo’gal va qiziqtirgan malumotlardan xabardorbo’lishingiz mumkin

© 2024 Barcha huquqlar himoyalangan.