Komissiyalar

Listing komissiyasi

Listing komissiyasi mahsulotlarning birja savdolaridagi ishtirokiga ruxsat berish yoki cheklash ya’ni ularni birja axborotnomasiga kiritish yoki chiqarish yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Komissiya mahsulotni birja axborotnomasiga qo‘shish to‘g‘risidagi so‘rovni 7 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi. Komissiya tarkibi “Toshkent mahsulot-xom ashyo birjasi” AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi Komissiya har chorakda “Toshkent mahsulot-xom ashyo birjasi” AJ rahbariyatiga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot beradi.

Arbitraj komissiyasi

Arbitraj Komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Birjada bitimlarni ro‘xatga olish va shartnomalarni rasmiylashtirishda yuzaga keladigan nizolarni hal etish; Birja a’zolari tomonidan Birjaning ichki Qoidalariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha nizoli holatlarni hal etish; Birja a’zolarining ularning huquqlarining kamsitilishi va Birja savdolarining barcha ishtirokchilarining tengligi prinsipining buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish. Murojaatlar mijoz yoki birja a’zolarining shaxsiy kabinetlari orqali komissiyaning maxsus arbitraj manziliga jo‘natiladi. Komissiya tarkibi “Toshkent mahsulot-xom ashyo birjasi” AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi Komissiya har chorakda “Toshkent mahsulot-xom ashyo birjasi” AJ rahbariyatiga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot beradi.

Bizning portalimizda 4 xil online xizmatdan foydalanishingiz mumkin! shuningdek boshqa yana o’zingizga kerak bo’gal va qiziqtirgan malumotlardan xabardorbo’lishingiz mumkin

© 2024 Barcha huquqlar himoyalangan.